Rossiyalik siyosatchi Istanbulni bosib olish da’vosi bilan chiqdi
Rossiya davlat dumasi sobiq deputati Semyon Bagdasarov zilziladan keyin mushkul vaziyatda ekanidan foydalanib, Turkiyaga qarshi urush ochish va uning ayrim hududlarini bosib olishni taklif qildi. «Moskovskiy komsomolets» nashri xabariga ko‘ra, S.Bagdasarov bu haqda YouTube dasturi efirida gapirgan.
Turkiya hududida Rossiyaning tarixiy yerlari mavjudligini iddao qilgan siyosatchi vaziyatdan foydalanib o‘sha yerlarni qaytarib olishga chaqirgan. U, xususan, Turkiya tabiiy ofat tashvishlari bilan andarmon bo‘lib turgan paytda Konstantinopol, ya’ni Istanbulni tortib olish va Aya Sofiya masjidi uzra xoch osish lozimligini uqtirgan.
Rossiyalik arbobga ko‘ra, Moskva rasmiy Anqaraning Ukrainadagi ta’sirini susaytirishi, keyin esa uni O‘rta Osiyo va Janubiy Kavkazdan ham siqib chiqarishi kerak.
Ochiq manbalarga ko‘ra, Semyon Bagdasarov 1954 yili O‘zbekiston hududida – Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. U hozirda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarini o‘rganish markazi direktori sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter