Rossiyalik mashhur milliarder Portugaliya fuqaroligini oldi
Milliarder Roman Abramovich o‘rta asrlarda bu mamlakatdan chiqarib yuborilgan sefard yahudiylarining avlodi sifatida Portugaliya fuqaroligini oldi, deb yozadi Forbes.ru o‘z saytida.
Roman Abramovich 2021 yil boshida Portugaliya fuqaroligini qo‘lga kiritgan.
Abramovichning vakili biznesmenning Portugaliya fuqaroligini olganini tasdiqladi.
Roman Abramovich Rossiya fuqaroligidan tashqari Isroil pasportiga ham ega sanaladi.
«Chelsi» klubi xo‘jayinining 2021 yildagi moliyaviy holati qariyb 14,5 milliard dollar deya baholanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter