Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik general o‘z joniga qasd qildi

Rossiyalik general o‘z joniga qasd qildi

Foto: RIA «Novosti».

Moskvada Rossiya tashqi razvedka xizmatining iste’fodagi general-mayori Lev Sotskov o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda 112 Telegram-kanali xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, u 90 yoshda bo‘lgan.

Sotskovning jasadi uning rafiqasi tomonidan Novatorov ko‘chasi pastidagi ko‘p qavatli uydan topilgan.

Hozirda voqea joyiga sud-tibbiyot ekspertlari yetib kelgan, fojia sabablari va tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Lev Sotskov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tugatgan, keyinchalik xorijiy razvedkada ishlay boshlagan, xorijiy davlatlarning razvedka apparatida yuqori lavozimlarda ishlagan.

Shu oy boshida Rossiya general-mayori Roman Kutuzov halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring