Rossiyaga yana dron bilan hujum qilindi
4-mayga o‘tar kechasi neftni qayta ishlash zavodiga dron hujum qildi, deb xabar berdi Rostov gubernatori Vasiliy Golubev o‘zining telegram-kanalida.
«Uchuvchisiz uchish apparati zavodning sexlararo estakada konstruksiyalariga qulab tushdi, shundan so‘ng u portlab ketdi. Portlash natijasida yuzaga kelgan yong‘in o‘chirildi. Yong‘inni o‘chirishga o‘t o‘chiruvchilar jalb etilmagan, yong‘in korxona xizmatlari tomonidan bartaraf etilgan», — deyiladi xabarda.
Hokimning qo‘shimcha qilishicha, qurbonlar yo‘q, zarar unchalik katta emas.
Eslatib o‘tamiz, Kreml matbuot xizmati 3 may kuni kechqurun Ukraina tomoni Rossiya prezidenti qarorgohiga dron orqali zarba berishga uringani haqida bayonot berib, bu harakatni suiqasd deb atagan edi.
Ukraina prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforov Kremlga hujumga Kiyevning aloqadorligini rad etgan. Unga ko‘ra, Ukrainaning maqsadi Moskvani nishonga olish emas, balki bosib olingan hududlarni ozod qilishdir.
Tahlilchi Aleksey Arestovich ushbu hodisani provokatsiya deb baholagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter