Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaga borayotgan mehnat muhojirlari salmog‘i rekord darajada tushib ketdi

Rossiyaga borayotgan mehnat muhojirlari salmog‘i rekord darajada tushib ketdi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiyaga borayotgan mehnat muhojirlarining salmog‘i rekord darajada tushib ketdi. Bu haqida RANXiGS ijtimoiy tadqiqot instituti ma’lum qilib o‘tgan.

Sobiq ittifoq tarqab ketgandan buyon bunday past ko‘rsatkich birinchi marta qayd etilmoqda. O‘tgan yili Rossiyaga kelgan muhojirlar soni 124,9 mingga qadar pasayib ketdi. Shu bilan birga mamlakatdan ketayotganlar salmog‘i 16,9 foizga ortdi. Eng kam muhojirlar Ozarbayjon, Armaniston va Turkmanistondan kelgan. Kelayotganlarning salmog‘i foiz hisobiga kamayishi esa O‘zbekiston va Ukraina fuqarolarida kuzatilmoqda. Aynan shu mamlakatlar Rossiyaga mehnat muhojirligi borasida eng yirik donor hisoblanar edi.

Muhojirlar tashrifining siyraklashuvi mahalliy aholining kamayishi fonida ro‘y bermoqda. Agar 2017 yilda mehnat muhojirlarining tashrifi aholi kamayishining kompensatsiyasi o‘laroq xizmat qilgan bo‘lsa, 2018 yildan e’tiboran faqat 57,2 foiz qoplay olgan.

Mutaxassislarning tadqiqotiga ko‘ra, Ukraina va Moldava fuqarolari Rossiyadan ko‘ra g‘arbiy Yevropa, xususan Polshaga borib ishlashni ma’qul ko‘rmoqda. Shuningdek Gruziya vakillari ham Yevropa tomon yuzlanishgan. Hozircha faqat O‘rta Osiyo davlatlaridan mehnat muhojirlari tashrifi nisbatan barqaror bo‘lib turibdi. Ammo Qozog‘iston va Ozarbayjon iqtisodiy jihatdan kuchayib, mehnat muhojirlari uchun Rossiya bilan raqobatga kirishgan. Vaziyat shu tariqa o‘zgarishsiz qolsa, yaqin kelajakda mehnat muhojirlari oqimi boshqa yo‘nalish kasb etishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring