Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi migrantlar soni qanchaligi aytildi

Rossiyadagi migrantlar soni qanchaligi aytildi

Foto: RIA Novosti

Rossiyada bir vaqtning o‘zida bo‘lib turgan xorijiy fuqarolar soni qariyb 6,5 million nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Rossiya IIV matbuot xizmati.

«Har yili taxminan 11-12 mln nafar chet el fuqarosi Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib keladi va chiqib ketadi. Bir vaqtning o‘zida Rossiyada bo‘lib turganlar soni 6,5 mln atrofida. Ushbu raqamlar, pandemiya davrini hisobga olmaganda, uzoq yillardan buyon barqaror saqlanib turibdi», — deyiladi RF IIV bayonotida.

«Migrant-Servis» platformasi direktori Andrey Kladovning aytishicha, 2024-yilda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonning jami 1 mln nafar fuqarosi Rossiyadan chiqib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring