Rossiyadagi eng keksa pensioner aniqlandi
![Rossiyadagi eng keksa pensioner aniqlandi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_134773578.jpg)
Rossiyadagi eng pensioner Chechenistonda yashovchi 128 yoshli kampir ekan. Bu haqda «RIA Novosti» Rossiya pensiya fondi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Fond ma’lumotlariga ko‘ra, eng keksa pensioner 1889-yil 1-iyul kuni tavallud topgan ekan.
Hozir Rossiya bo‘yicha 110 yoshdan o‘tgan 37 nafar kishi bo‘lib, ularning barchasi pensiya olar ekan. Keksa pensionerlar Dog‘iston, Checheniston, Ingushetiya va Qabarda-Bolqarda yashashadi.
Yuzga yosh atrofidagi pensionerlar Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg va Boshqirdistonda yashaydi.
O‘tgan yili Rossiyada o‘rtacha yosh 72,6 yosh edi. Prezident Vladimir Putin shu yil 7-may kuni inauguratsiya marosimida o‘rtacha yoshni 2024-yilgacha 78, 2030-yilgacha esa 80 yoshga chiqarish bo‘yicha hukumatga topshiriq berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter