Rossiyada muhim kasb egalari yetishmovchiligi kuzatilmoqda
Rossiyada og‘irligi 3,5 tonnadan ortiq yuk mashinalari uchun haydovchilarning yetishmasligi 21 foizni tashkil qilmoqda.
Bu haqda «Izvestiya» gazetasi «Marshall» kompaniyalar guruhi bosh direktori Mixail Belousovga asoslanib yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bu kasbga kirishni istaganlar kam. Shuningdek, Belousov normal sharoit va avtoturargohlarning yo‘qligiga e’tibor qaratdi.
Belousov barcha avtomaktablar ham bunday haydovchilarni tayyorlamasligini aytdi.
«Yuk mashinasi haydovchisining o‘rtacha yoshi 48-52 yoshni tashkil etadi va bu raqamlar o‘sib bormoqda», deya ta’kidlagan rossiyalik tadbirkor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter