Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada Putinga raqib topildi

Rossiyada Putinga raqib topildi

Rossiya liberal-demokratik partiyasi rahbari, ziddiyatli siyosatchi Vladimir Jirinovskiyning vorisi Leonid Slutskiy 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzodlardan biri sifatida ishtirok etadi.

Bugun Moskvada partiya qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda delegatlar o‘z yetakchisi Leonid Slutskiy nomzodini prezidentlik lavozimiga ko‘rsatishga qaror qildi. Qurultoyda boshqa nomzodlar ko‘rib chiqilmadi, deb yozadi «Vedomosti» gazetasi.

Slutskiy nomzodini Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Mixail Degtyarev ko‘rsatdi, shuningdek, o‘tgan yil oxirida o‘z vataniga ayirboshlash doirasida qaytib kelgan, AQShda qurol-yarog‘ savdosida ayblangan rossiyalik sobiq mahkum Viktor But tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.  O‘shandan beri u partiyaga qo‘shilishga va ushbu partiyadan Ulyanovsk viloyati qonun chiqaruvchi assambleyasiga deputat bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Leonid Slutskiy Davlat Dumasi deputati va xalqaro ishlar qo‘mitasi rahbari sanaladi. U partiya boshqaruvini o‘tgan yili, Vladimir Jirinovskiy vafotidan ko‘p o‘tmay qo‘lga olgandi. Jirinovskiyning o‘zi ko‘p marta prezidentlikka nomzodini qo‘ygan. 2018-yilgi oxirgi saylovlarda u taxminan 5,6 foiz ovoz olgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 17-martda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda amaldagi prezident Vladimir Putin ham ishtirok etadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring