Rossiyada o‘zbekistonlik erkak politsiya binosiga «KamAZ» bilan hujum qildi
Nijniy Novgorod viloyati Tergov boshqarmasi 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan RF Jinoyat kodeksining 213-moddasi 1-qismi «a» bandi (Bezorilik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, Jonibek Javliyev ismli shaxs 2023-yil 12 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiya IIV Nijniy Novgorod viloyatining Dzerjinsk shahridagi 2-sonli militsiya bo‘limi yaqinida «KamAZ» yuk mashinasiga o‘rnatilgan manipulyator krandan foydalanib, u bilan binoning kirish eshigi hamda derazalarga o‘rnatilgan panjaraga zarba bergan. Oqibatda, politsiyachilar bino ichida qamalib qolgan. Haydovchi esa voqea joyidan qochib ketgan.
Gumonlanuvchi voqeadan ikki soat o‘tib, yuk avtomashinasining g‘ildiraklariga o‘q uzib to‘xtatilgan va qo‘lga olingan.
Jinoyat ishi bo‘yicha Tergov qo‘mitasi tergovchilari hodisaning barcha holatlarini aniqlash va jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni ta’minlashga qaratilgan tezkor tergov harakatlarini amalga oshirmoqda.
Voqea oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter