Rossiyada o‘zbekistonlik 70 ming dollarlik avtomobilni yoqib yubordi

Joriy yil 5-dekabr kuni tunda Rossiyaning Tolyatti shahridagi avtoturargohlarning birida turgan qimmat rusumli avtomobillar toifasiga kiruvchi «Audi Q5» avtomobili qasddan yoqib yubortilgan.
Samara viloyati prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, vaziyat sabab dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 250 ming rubl (30,6 mln so‘m) moddiy zarar aniqlangan.
Holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilib, jinoyat o‘zbekistonlik erkak tomonidan rashk va javobsiz sevgi sabab sodir etilgani aniqlangan. O‘zbekistonlik fuqaro bir muddat jabrdiyda ayol bilan birga yashab kelishgan.
Jinoyat ishi doirasida erkak qamoqqa olingan. Endi unga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi xavf solmoqda.
Ma’lumot uchun, mazkur rusumdagi avtomobillar rus bozorlarida 4,6 - 5,2 mln rubl narxlarda sotilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter