Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada «omikron» shtammi bilan kasallanish holati aniqlandi

Rossiyada «omikron» shtammi bilan kasallanish holati aniqlandi

Foto: «News.myseldon.com»

Janubiy Afrika Respublikasidan kelgan rossiyalik ikki nafar yo‘lovchida koronavirusning «omikron» shtammi aniqlandi. 

Markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan PSR testi natijasida ikki bemorda «omikron» shtammi tasdiqlangan. Shuningdek, Janubiy Afrikadan uchib kelgan yana 8 kishida ham koronavirus aniqlangan bo‘lib, ayni vaqtda qaysi shtammga tegishliligi borasida tekshiruv ishlari davom etyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik fuqaroda koronavirusning yangi shtammi aniqlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring