Rossiyada noxush antirekord qayd etildi

Rossiyada koronavirus bilan jami kasallanganlar soni 10 million nafardan oshdi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash tezkor shtabi ma’lumot bergan.
Kunlik o‘sish 29 929 holatni tashkil etdi. O‘tgan sutka davomida 31 391 kishi tuzalib ketdi. Hammasi bo‘lib 8 741 355 nafar rossiyalik infeksiya bilan kurashib, tuzalgan.
Kunlik o‘lim darajasi 1132 ga yetdi, jami 289 483 kishi pandemiya qurboniga aylandi.
Ushbu natija bilan Rossiya AQSh, Hindiston, Braziliya kabi davlatlardan keyingi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, yangi omikron shtammi allaqachon Rossiyada qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter