Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada Navalniy tarafdorlari mitingiga qonuniy ruxsat berilishi kutilmoqda

Rossiyada Navalniy tarafdorlari mitingiga qonuniy ruxsat berilishi kutilmoqda

Qozon shahar hukumati Aleksey Navalniy tarafdorlarining mitingini o‘tkazishga rozi bo‘ldi, u 14-fevral kuni shahar markazida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Tatar-inform» respublika agentligi xabar berdi.

«Yabloko» partiyasining viloyat bo‘limi rahbari Ruslan Zinatullin, PARNAS filialining sobiq rahbari Marsel Shamsutdinov va Chap frontning mahalliy koordinatori Vladimir Kolodsevlar aksiya o‘tkazilishi to‘g‘risida bildirishnoma yuborishgan.

«Qozon shahar ijroiya qo‘mitasining markaziy stadion yaqinidagi «Mingyillik» maydonida o‘tkazadigan tadbiringiz uchun Qozon Ijroiya Qo‘mitasi xodimi etib tayinlangan M.R. Isxakov vakolatli vakil etib belgilanadi », - deyiladi Qozon shahar hokimining javobida.

Aksiya 11:30 da boshlanib, 15:00 da tugashi kerak. Namoyishdan ko‘zlangan maqsad «qamoqqa olish, tazyiqlar va Davlat Dumasiga saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlarga qarshi» chiqish bo‘lib, qatnashchilarning taxminiy soni 200 kishini tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, muxolif bloger Aleksey Navalniy sud qarori bilan 3,5 muddatga ozodlikdan mahrum etildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring