Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada milliarderlar soni rekord miqdorda ko‘paydi

Rossiyada milliarderlar soni rekord miqdorda ko‘paydi

Putin va Lukoyl asoschisi Vagit Alekperov .

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada hozirda 125 milliarder bor (yiliga +15). Bu reytingning butun tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.

Rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi yil davomida 14 foizga oshdi - 505 milliard dollardan 576,8 milliard dollargacha.

Milliarderlarning umumiy soni bo‘yicha Rossiya dunyoda Germaniya (132), Hindiston (200), Xitoy (406) va AQShdan (813) keyin beshinchi o‘rinda turadi.

Ro‘yxatda 1 milliard dollar yoki undan ortiq boylikka ega rossiyaliklar ko‘proq bo‘lishi mumkin edi, biroq o‘n kishi Rossiya fuqaroligidan voz kechgani uchun darhol undan chiqarib tashlandi, deya qayd etadi Forbes.

Lukoyl asoschisi Vagit Alekperov eng boy rossiyalik bo‘ldi (28, 6 mlrd dollar). Ikkinchi o‘rinni NOVATEK rahbari Leonid Mixelson egallagan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2022-yil 24-fevraldan Ukraina hududlarida keng ko‘lamli urush olib bormoqda. G‘arb tomonidan kiritilayotgan sanksiya va cheklovlarga qaramasdan mamlakatda milliarderlar soni ortib bormoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring