Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada migrantlarga qarshi 5 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqilyapti

Rossiyada migrantlarga qarshi 5 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqilyapti

Vyacheslav Volodin.

Foto: RIA Novosti

Rossiya davlat dumasining tegishli qo‘mitalari migratsiya siyosatini takomillashtirishga qaratilgan 5 ta qonun loyihasini ko‘rib chiqyapti. Rossiya parlamenti quyi palatasi spikeri Vyacheslav Volodin bu haqda o‘z telegram-kanalida yozdi.

Qonun loyihalarida, xususan, xorijlik fuqarolar (migrantlar)ni noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun jarimani 60 mln rublgacha oshirish hamda migrantlardan imtihon olishda vositachi tashkilotlarning ishtirokini cheklash ko‘zda tutilmoqda. Yana bir loyihada esa mamlakat hududida noqonuniy bo‘lib turgan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat sifatida malakalash taklif etilmoqda.

Yana ikki qonunchilik tashabbusi mualliflari, o‘z navbatida, xorijlik fuqarolarga noqonuniy xizmatlar ko‘rsatilishi haqidagi axborotga ega resurslarni sud qarorisiz bloklash hamda noqonuniy migratsiyani amalga oshirgan uyushgan guruhlarni o‘ta og‘ir jinoyatlar ro‘yxatiga kiritishni taklif qilmoqda.

Volodinning ta’kidlashicha, yuqoridagi qonun loyihalari ko‘pchilik deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va shu yilning dekabriga qadar qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring