Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada dafnlarni davlat xizmatiga aylantirishmoqchi

Rossiyada dafnlarni davlat xizmatiga aylantirishmoqchi

Illyustrativ foto

Rossiya davlat dumasi deputatlari fevral oyida mamlakatning dafn ishlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqchi. Ayni paytda loyiha ishlanish jarayonida, deb yozdi «Vedomosti».

Amaldagi 1996-yilgi qonunga ko‘ra, RFda marosim xizmatlarini faqat mahalliy boshqaruv organlari tomonidan tashkil etilgan maxsus xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. Aslida esa marosim xizmatlari ochiqchasiga korrupsiya hukm surayotgan biznesga aylanib ketgan, deyiladi xabarda.

Yangi qonun loyihasi marosim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga dafn ishlari bilan shug‘ullanish uchun ruxsat olish majburiyatini yuklaydi. Ruxsat olganlar maxsus reyestrga kiritiladi, ular qanday xizmatlar ko‘rsatishi, xizmatlarining narxlari ko‘rsatiladi.

Deputatlar shu tariqa marosim xizmatlari narxlarining oshib ketishiga chek qo‘yish hamda juda ko‘plab «qora» kompaniyalar ishlayotgan biznesni tartibga solishga umid bog‘lashmoqda.

O‘lim ko‘rsatkichi juda yuqori Rossiyadek davlat uchun dafn marosimlarini tartibga solish juda muhim. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 2021-yil davomida Rossiyada 2,4 million kishi vafot etgan. Qayd etilishicha, Ikkinchi jahon urushidan beri Rossiya tarixida bunaqasi bo‘lmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring