Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada chet el fuqarolarining viza va patent muddati qayta uzaytirilishi mumkin

Rossiyada chet el fuqarolarining viza va patent muddati qayta uzaytirilishi mumkin

Foto: Videolavhadan skrinshot

Rossiya IIV chet el fuqarolarining 15-sentyabrda muddati tugaydigan viza va patentlari amal qilish muddatini qayta uzaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda vazirlikning Migratsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qilgan.

Qayd qilinishicha, amal qilish muddati 15-sentyabrgacha bo‘lgan viza, mehnat qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma, patent, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi va fuqaroning holatini qayd etuvchi boshqa barcha hujjatlarning amal qilishi to‘xtatiladi. Hozirda ushbu muddatni uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020-yil 18-aprelda qabul qilingan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoniga muvofiq, mazkur davlat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi barcha hujjat, shu jumladan patentlarning amal qilish muddati 2020-yil 15-iyungacha uzaytirilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring