Rossiyada bosh vazir tayinlandi
![Rossiyada bosh vazir tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/6/720_460_95_2693335217.jpg)
Rossiya davlat dumasi Rossiya hukumatiga rahbarlik qiluvchi bosh vazir nomzodini tasdiqladi. Unga ko‘ra Dmitriy Medvedev mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Medvedev uchun 374 nafar deputat ovoz bergan, lavozimga tayinlanish uchun esa 226 ta ovoz kerak edi. 56 kishi qarshi ovoz bergan.
7-may kuni Rossiya prezidenti lavozimiga kirishgan Vladimir Putin bosh vazir lavozimiga Medvedev nomzodini ilgari surgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter