Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada bemor yuzi latta bilan yuvilgan shifoxona bosh shifokori jazolandi

Rossiyada bemor yuzi latta bilan yuvilgan shifoxona bosh shifokori jazolandi

Kadr: «Telekanal 360/YouTube»

Chelyabinsk viloyati Miass shahrida bemorning yuzi chelakdagi latta bilan artilgan 2-shifoxona bosh shifokori ishdan bo‘shatildi. Bu haqda mazkur hudud gubernatorining birinchi o‘rinbosari Irina Gext ma’lum qildi, deb xabar beradi «TASS».

Gext huquqbuzarlik tasdiqlanganini aytgan.

4-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda polning najas bilan ifloslanganini ko‘rgan shifoxona xodimi bemorning yuzini latta bilan yuvayotgani tasvirga olingan video paydo bo‘ldi. Shuningdek, u bemorni «hammayoqni rasvo qilib tashlagani» uchun urishib tashlagan. Bemor qarshilik ko‘rsatishga uringan, biroq buning uddasidan chiqolmagan. Shifoxona ma’muriyati voqeani videoga olgan ayolni javobgarlikka tortmoqchi ham bo‘lishgan.

Keyinchalik rolik muallifining aytishicha, mazkur hodisadan oldin bemor bir necha kun unga tuvak keltirishlarini so‘ragan, biroq uning iltimosi e’tiborsiz qoldirilgan. Ayol surunkali kasallikdan qiynalgan. Buyam yetmaganday, unga har doim ham toza choyshab berilmagan. Hodisa yuz bergan kuni Irina sabr kosasi to‘lgan va o‘rnidan turishga majbur bo‘lgan. O‘shanda uning yuzi «iflos» bo‘lmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring