Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada ashaddiy jinoyatchi va «jinoiy avtoritet» ozodlikka chiqmoqda

Rossiyada ashaddiy jinoyatchi va «jinoiy avtoritet» ozodlikka chiqmoqda

Rossiya jinoyat olamining yetakchisi, tovlamachilik ishi bo‘yicha qariyb o‘n yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Zaxariy Kalashov (Shakro Molodoy nomi bilan mashhur) muddatidan oldin ozodlikka chiqarilmoqda.

Krasnodar o‘lkasining Ust-Labinskiy tuman sudi 70 yoshli kriminal avtoritetni shartli ravishda ozod qilish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirdi. Murojaat ko‘rib chiqilgan sud majlisi 13 mart kuni yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Mashhur qonundagi o‘g‘ri qachon ozodlikka chiqishi ma’lum emas.

Viloyat sudlarining Birlashgan matbuot xizmati rahbari Mariya Pirogovaning so‘zlariga ko‘ra, ozodlik haqidagi qaror hali qonuniy kuchga kirmagan va shikoyat qilinishi mumkin.

Shot Telegram kanalining aniqlik kiritishicha, sud mahkumning sog‘lig‘i tufayli shartli ravishda ozod qilish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirdi. Kalashovning sog‘lig‘ida qanday muammolar borligi aniqlanmagan.

2018 yilda Shakro Molodoy 9 yil 10 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qat’iy rejimli koloniyada o‘tkazishga hukm qilingan edi. U tovlamachilik moddasi bo‘yicha ikkita jinoyat sodir etishda aybdor deb topildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kalashov Aslan Usoyan (Ded Hasan) o‘limidan so‘ng Rossiya jinoyat olami yetakchisi sifatida ko‘rib kelingan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring