Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rossiyada ag‘darilgan avtobusda o‘zbeklar bo‘lmagan» — Transport vazirligi

«Rossiyada ag‘darilgan avtobusda o‘zbeklar bo‘lmagan» — Transport vazirligi

22-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyati Orenburg – Qozon trassasida yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi.

Avtobus haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotishi natijasida ariqqa ag‘darilib ketgan. Avtobus salonida 29 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 4 nafari bolalardir. Yo‘l transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Ushbu avtobus Qozog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olingan bo‘lib, buyurtma asosida «Kostroma – Chimkent» yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchilarni olib ketayotgan bo‘lgan.

«Avtobus yo‘lovchilari orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan. Rossiya FVV Orenburg viloyat boshqarmasi tomonidan avtobus yo‘lovchilari dastlab mahalliy madaniyat uyiga joylashtirilgan.

Yo‘lovchilar tez yordam xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shundan so‘ng, yo‘lovchilar boshqa avtobusda harakatlanishni davom ettirishgan», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring