Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Zaporoje viloyatidagi gumanitar yordam yuborilgan joyga havodan bomba yog‘dirdi (foto)

Rossiya Zaporoje viloyatidagi gumanitar yordam yuborilgan joyga havodan bomba yog‘dirdi (foto)

Rossiya armiyasi Ukrainaning Zaporoje viloyatida joylashgan Orexov shahrida gumanitar yordam ko‘rsatilgan joyga raketa zarbasi berdi. Bu haqda Zaporoje viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Yuriy Malashko Telegram’da ma’lum qildi.

«To‘rt kishi voqea joyida halok bo‘ldi. Bular 43, 45, 47 yoshli ayollar va 47 yoshli erkak. O‘n bir nafar inson turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan», – deya yozgan u.

Оккупанты ударили по Орехову / фото Запорожская ОВА

Xabarda aytilishicha, Rossiya armiyasi Zaporoje viloyatining 10 ta tinch aholi punktlariga 36 marta raketa zarba zarbasi bergan. Xususan, Levadniy va Novodarovkaga 5 ta, Gulyaypole, Zaliznichniy, Novodanilovka, Olxovskiy, Chervoniy, Malinovka shaharlariga 30 ta raketa hujumi uyushtirilgan.

Жертвами обстрела стали 4 человека, еще более 10 - ранены / фото Запорожская ОВА

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring