Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Venesuelaga yordam beradimi?

Rossiya Venesuelaga yordam beradimi?

Foto: «News.mail.ru»

Venesuelada qo‘shhokimiyat yuzaga kelgani rasmiy Moskvani bezovta qilmay qo‘ymaydi, albatta. Neftga boy bu davlat Rossiyaning Lotin Amerikasidagi asosiy savdo-iqtisodiy hamkori hisoblanadi.

Ayni paytda Venesuelada o‘nlab rus kompaniyalari faoliyat olib bormoqda. Qolaversa, xalqaro siyosiy masalalarda ham ikki davlatning qarashlari uyg‘un. Shu sabab rasmiy Moskvaning Venesueladagi voqealarga qarashlari o‘zgacha, ya’ni faqat Nikolas Maduroni qonuniy prezident sifatida tan oladi. Muxolifat lideri o‘zini «Venesuela o‘tish davri prezidenti» deb e’lon qilishi, uni AQSh hamda qit’adagi boshqa davlatlar tan olgani xalqaro huquq me’yorilariga zid, deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi.

Matbuot kotibi yana alohida ta’kidladiki, Venesueladagi vaziyat shu darajaga yetib kelishida «uchinchi davlatlar qo‘llari ham yo‘q emas, bu jarayonda harbiy kuch ishlatilishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin».

Jurnalistlarning «Mabodo, Maduro Rossiyadan siyosiy boshpana so‘rasa, uning murojaati qanoatlantiriladimi?» degan savolini Dmitriy Peskov ochiq qoldirdi. Biroq «Rossiyadan yordam so‘ralsa-chi?» savoliga shunday javob qaytardi: «...Voqealar rivojini diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Yordam? Hozircha bu haqda murojaat bo‘lgani yo‘q».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring