Rossiya va sanksiyalar: bunchalik ko‘p cheklov hali hech qaysi mamlakatga qo‘llanmagan
![Rossiya va sanksiyalar: bunchalik ko‘p cheklov hali hech qaysi mamlakatga qo‘llanmagan](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3791843079.jpg)
Sergey Kiriyenko.
Rossiya yosh siyosatshunoslari forumi («Digoriya») ochilish marosimida qatnashgan mamlakat prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Sergey Kiriyenko iqtisodiy sanksiyalar sonini ochiqladi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.
2022-yilning iyul oyi yakuniga kelib, Rossiyaga qarshi qo‘llangan sanksiyalar soni jami 1 160 taga yetgan. Bunchalik ko‘p sonli cheklov choralari hali hech qachon hech qaysi mamlakatga qarshi joriy etilmagan, dedi Kiriyenko.
2022-yilning 24-fevralida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganigan javoban AQSh, Yevropa ittifoqi, Yaponiya va boshqa mamlakatlar sanksiyalarni joriy etishni boshlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter