«Rossiya urush holatida» — Peskov
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jiddiy bayonot berdi.
«Biz urush holatidamiz. Ha, bu maxsus harbiy operatsiya sifatida boshlandi, lekin Ukraina tomonida turib G‘arb kuchlari ishtirok etishni boshlashi bilan u biz uchun urushga aylandi. Men bunga aminman», — deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya rasmiylari Ukrainadagi urushni «maxsus harbiy amaliyot» deb atashni talab qilib keladi. Shu vaqtga qadar Ukrainadagi urushni «urush» deb atagan yuzlab kishilar katta jarimalarga tortildi. Armiya haqida feyk tarqatgan deb topilganlari esa bir necha yilga qamalgan.
Shu sabab Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi «maxsus harbiy amaliyot»ni ilk bor «urush» deb ataganida bir deputat uni javobgarlikka tortishni so‘rab chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter