Rossiya Ukrainaning Jitomir viloyatiga raketa yog‘dirdi
Kecha, 9 iyun kuniga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukraina hududiga navbatdagi raketa hujumi uyushtirdi. Bu safargi raketa hujumi Ukrainaning Jitomir viloyatining Zvyagel shahriga bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oltita xususiy uy vayron bo‘lgan, o‘nlab uylar zarar ko‘rgan.
«Afsuski, bir kishi halok bo‘ldi, yaradorlar ham bor, ularga barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda. Voqea joyida mahalla rahbariyati, favqulodda vaziyatlar xizmati ishlamoqda», – deydi shahar meri Nikolay Borovets.
Jitomir viloyat harbiy okrugi rahbari Vitaliy Bunechkoning ta’kidlashicha, raketa zarbasi natijasida 1 ta turar-joy binosi va 12 ta uy vayron bo‘lgan. Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi jarohatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter