Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Ukrainaning Odessa va Nikolayev viloyatlarini bombardimon qildi

Rossiya Ukrainaning Odessa va Nikolayev viloyatlarini bombardimon qildi

Kecha, 19 iyul kuni Rossiya kuchlari Ukraina janubidagi Odessa va Nikolayev viloyatlarini turli raketalar bilan zarba berdi.

Ukraina Qurolli kuchlari «Janub» operativ qo‘mondonligi matbuot kotibi Natalya Gumenyukning ma’lum qilishicha, Odessada tungi raketa hujumi natijasida ma’muriy bino vayron bo‘lgan, to‘rt kishi jarohatlangan, ba’zi omborlar vayron bo‘lgan.

Nikolayev viloyati meri ko‘plab jabrlanganlarga voqea joyida yordam ko‘rsatilganini, vayronalar ostidan ikki inson – bir erkak va bir ayol qutqarib olinganini aytdi.

Nikolayev viloyatida turar-joy binosi, Odessa markazida esa ma’muriy bino vayron bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya 40 ga yaqin raketa orqali zarba bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring