Rossiya Ukraina viloyatlariga 32 ta dron bilan hujum qildi (foto)
![Rossiya Ukraina viloyatlariga 32 ta dron bilan hujum qildi (foto)](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_3546724840.jpg)
Bugun, 4 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiya kuchlari Odessa va Dnepropetrovsk viloyatlariga «Shahed -136/131» uchuvchisiz uchoqlari bilan hujum qildi.
Ukraina harbiy havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, kamikadze dronlarining hujumi janubiy va janubi-sharqiy yo‘nalishdan (Kap-Chauda, Qrim va Primorsko-Axtarsk, Rossiya) amalga oshirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Odessa va Dnepropetrovsk viloyatlariga jami 32 ta dronlar hujum qilgan. Ukraina havo mudofaa tizimi 23 ta dronni yo‘q qilgan.
Hujum oqibatida halok bo‘lgan va yaradorlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter