Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Ukraina urushining 24 soat ichida hal etilishiga munosabat bildirdi

Rossiya Ukraina urushining 24 soat ichida hal etilishiga munosabat bildirdi

Rossiya tomoni AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni 24 soat ichida to‘xtatib qo‘yishi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi.

Bu kishini shubhalantiradi, chunki urushni qisqa vaqtda tugatish juda qiyin vazifa, deydi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. 

«Peskov Trampning Ukrainadagi mojaroni bir kunda yakunlashi haqidagi da’vosini shubha ostiga qo‘ydi va uni bu qadar osonlikcha hal qilish «juda qiyin» ekanini aytdi», — deya xabar beradi NBC telekanali.

Kreml matbuot kotibiga ko‘ra, mojaro chuqur ildizga ega. 

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Trampni «mamlakat kelajagi va demokratiya uchun eng katta xavf» deb atagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring