Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Ukrainaning Kramatorsk shahriga raketa zarbasi berdi. 12 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaning Kramatorsk shahriga raketa zarbasi berdi. 12 kishi halok bo‘ldi

Kecha, 27 iyun kuni Rossiya harbiylari Ukrainaning Kramatorsk shahriga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda Current Time xabar bermoqda.

Raketa hujumi 27 iyun kuni tunda sodir bo‘lgan. Ikkita raketadan biri pitsseriya restoraniga kelib tushgan.

Ukraina ichki ishlar vazirligining ta’kidlashicha, raketa hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, 60 nafarga yaqin inson jarohat olgan. Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa zarbalari S-300 tizimlaridan berilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi shaharga zarba berilganini tasdiqlab, Kramatorskda Ukraina Qurolli kuchlari brigadalaridan birining vaqtincha qo‘mondonlik shtabi joylashganini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring