Rossiya tomoni Zaporojega 12 ta «S-300» raketasini uchirdi
Rus harbiylari Ukrainaning Zaporoje shahriga 11-oktyabr tongida «S-300» rusumli 12 ta raketa uchirdi. Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Starux ma’lum qildi.
Hududdagi avtosalonlarning biriga kelib tushgan ikkita raketa natijasida mahalliy aholidan 1 kishi halok bo‘lgan. Voqea joyida kelib chiqqan yong‘in FVV xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
«Qolgan raketalar o‘quv binolariga kelib tushdi. Maktab va ambulatoriya shikastlandi», – deydi Starux.
Ayrim OAVlar ayni damda Ukrainaning Vinnitsa, Odessa, Nikolayev va Ochakiv hududlarida ham portlashlar ovozi eshitilayotganini yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 10-oktyabr, dushanba kuni ham Ukrainaning Kiyev va ayrim yirik shaharlari raketalar hujumiga uchragan edi. Kun oxiriga borib, Ukraina rahbari Rossiyaning Ukrainaga qarshi uchirilgan 84 ta raketasidan 43 tasi, 24 ta uchuvchisiz o‘zi uchar qurilmalarining esa 13 tasi urib tushirilganinii ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter