Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Tog‘li Qorabog‘ga bir kunda 20 ta samolyot yubordi

Rossiya Tog‘li Qorabog‘ga bir kunda 20 ta samolyot yubordi

Foto: RIA Novosti

Rossiya o‘tgan sutkada 170 nafar askarlari bilan 20 ta samolyotni Tog‘li Qorabog‘ga yubordi, deya xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligi.

Avvalroq, vazirlik bo‘lim boshlig‘i Sergey Shoygu Tog‘li Qorabog‘ga 1100 dan ortiq rossiyalik tinchlikparvar kuchlar joylashtirilganini, 73 ta samolyot uchirilganini aytgan edi.

Hududda hammasi bo‘lib 1960 nafar askar, 90 zirhli transportyorlar, 380 avtoulovlar va boshqa jihozlar bilan qurollangan guruh bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘ hududida joriy yil 27-sentyabrdan boshlangan qurolli to‘qnashuvlar poyoniga etdi. Ozarboyjon hamda Armaniston Kreml vositachiligida 10 noyabrdan urushni to‘xtatish haqida uch tomonlama bitimni imzoladi. Kelishuvga binoan nizoli hududga Rossiya harbiy kontingenti kiritilishi belgilangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring