Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya tashqi ishlar vaziri KXDRga boradi

Rossiya tashqi ishlar vaziri KXDRga boradi

Foto:«Zvezda»

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tez orada KXDRga boradi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga asoslanib, «Gazeta.ru» xabar qildi.

«KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xonning taklifiga binoan Rossiya tashqi ishlar vaziri tez orada Shimoliy Koreyaga boradi», — deyiladi agentlik xabarida.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova avvalroq Lavrovning Shimoliy Koreyaga safari masalasi ko‘rilayotgani va keyinroq muddati e’lon qilinishini aytgandi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring