Rossiya Suriyaga 40 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berdi
Suriya fuqarolariga ko‘maklashish maqsadida Rossiya mudofaa vazirligiga qarashli samolyot Fransiyaning «Shatoru» aeroportidan Suriyaning G‘umaymim aeroportiga 44 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berdi, deya xabar beradi «Gazeta.ru» sayti.
Samolyot bortida tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun asbob-uskunalar, kiyim-kechak, chodirlar, shuningdek, bir necha maishiy ashyolar bo‘lgan.
«Hanuzgacha muhtoj bo‘lgan Sharqiy G‘uta aholisiga tibbiy asbob-uskunalar, birlamchi ashyolar yetkazib berildi», – deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter