Rossiya shimolida havo harorati -73 darajagacha sovib ketdi (foto)
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi shimolida havo harorati -73 darajagacha tushib ketdi. TVK telekanalini xabardor qilgan mahalliy aholiga ko‘ra, Krasnoyarsk shahridan qariyb 1500 kilometr olisdagi Yessey posyolkasida 11-yanvar kuni shu harorat qayd etilgan.
Yessey qishlog‘ida 700 dan ortiq odam yashaydi.
Ta’kidlanishicha, bu — yesseyliklar ko‘rgan qahratonlarning eng sovug‘i, odatda qish faslida bu yerlarda havo harorati uzog‘i bilan -45-50 darajagacha sovirdi.
Markaziy isitish tizimiga faqat ijtimoiy muassasalar ulangan, oddiy aholi xonadonlarini elektrda yoki o‘tin yoqib isitmoqda.
«Oyoqni issiq saqlash uchun albatta qalin paypoq hamda piyma yoki unta kiyish shart. Bitta kurtka bilan uzoqqa borolmaysan, po‘stin kerak. Qo‘lqopsiz ko‘chada bir daqiqa ham turib bo‘lmaydi. Eng muhimi — tananing ochiq joylarini sovuq oldirib qo‘ymaslik va huda-behudaga ko‘chaga chiqmaslik kerak», — deya tavsiya bergan yesseylik bir odam.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter