Rossiya shakar eksportini taqiqladi
Rossiya hukumatining bojxona quyi komissiyasi Rossiya Federatsiyasidan 2022-yilning 31-avgustiga qadar oq shakar va shakarqamish xom ashyosini olib chiqishni vaqtincha taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Qaror uchinchi mamlakatlar uchun eksportga nisbatan qo‘llaniladi.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligining matbuot xizmati yozishicha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish uchun qishloq xo‘jaligi vazirligining ruxsatnomalarini olish kerak bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter