Rossiya hududiga raketa kelib tushdi
![Rossiya hududiga raketa kelib tushdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1268572188.png)
Rossiyaning Rostov viloyati Taganrog shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Hodisa san’at muzeyi yonidagi Bankovskaya maydonida sodir bo‘lgan. Kamida to‘rt kishi jarohatlangan, avtomobillar va ko‘p qavatli uyga zarar yetgan, qo‘shni binolarning oynalari singan. Portlash sodir bo‘lgan joyga o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam mashinasi yetib kelgan.
«Ayni damda 15 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, shifokorlar ular bilan ishlamoqda. Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganlarning barchasi yengil jarohat olgan. Halok bo‘lganlar yo‘q», deb yozadi Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, portlashga raketaning kelib tushishi sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter