Rossiya rubli yil boshidan buyon dunyoning eng yomon valyutasi bo‘ldi

Rossiya rubli AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanish bo‘yicha yil boshidan buyon dunyoda eng yomon ko‘rsatkich qayd etdi. 18 mart holatiga ko‘ra u yil boshidan buyon 28,59 foizga qadrsizlangan.
Undan so‘ng esa Braziliyaning reali bormoqda. U 28,1 foiz kuchini yo‘qotgan. Meksika pesosining qadrsizlanishi esa 26,91 foizni tashkil etdi. Shuningdek «kuchsiz beshlik»ka yana Norvegiya kronasi va Janubiy Afrika rendi ham kiradi.
Neft keskin arzonlashgandan so‘ng dollar kursi 80 rubldan pastga tushib ketdi. Neftning Brent va WTI tasniflari oxirgi 20 yildagi minium qiymatiga kelib qolgan.
Tahlilchilar tomonidan bildirilishicha, vaziyat shu holatda davom etsa 1 AQSh dollarining qiymati 100 rublga yetib borishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter