Rossiya poytaxtiga tabiiy ofat yopirildi (video)
Bugun, 28 iyun kuni tushdan keyin Moskvaga tushgan kuchli shamol va yomg‘ir tufayli poytaxt ko‘chalarini suv bosa boshladi. Ayrim metro stansiyalariga suv tusha boshladi va poyezdlar harakati to‘xtatildi.
Moskva ko‘chalarida suv yig‘ilib, ayrim joylarda avtomobillarni ko‘madigan darajaga yetgan. Poytaxtning markaziy tumanlarida transport harakati qiyinlashgan, kuchli shamol bir nechta daraxtlarni, qurilish kranini ag‘darib tashladi. Reklama bannerlari, inshootlar tomlari, derazalari shikastlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter