Rossiya NATOga a’zo bo‘layotgan Finlyandiyaga syurpriz va’da qildi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova NATOga a’zolikka kirayotgan Finlyandiyaga kutilmagan sovg‘a tayyorlanayotganini bugungi brifingda ta’kidladi.
«Bu syurpriz. Bu bizning mudofaa idoramizdan bo‘ladi», — dedi diplomat. Javob choralari qo‘llashda barcha omillar, ayniqsa, Finlyandiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga a’zolikka qabul qilinish jarayoni nechog‘liq rivojlanishi hisobga olinadi, dedi u.
«Shulardan kelib chiqib bir qarorga kelinadi, biroq birinchi qarorni harbiylar chiqaradi», — dedi so‘zining yakunida Zaxarova.
Bugun Finlyandiya va Shvetsiya NATOga kirish uchun ariza topshirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter