Rossiya mudofaa xarajatlarini keskin oshirmoqda
Rossiya 2025 yilda mudofaa xarajatlarini tarixiy maksimal darajada ushlab turishni rejalashtirmoqda.
Bloomberg agentligining xabar berishicha, Rossiya hukumati mudofaa xarajatlarini 2025 yilda joriy yil uchun rejalashtirilgan 10,4 trillion rubldan 13,2 trillion rublga (142 milliard dollar) oshirishni maqsad qilgan, bu yalpi ichki mahsulotning 6,2 foizini tashkil qiladi.
Umuman olganda, «Milliy mudofaa» va «Milliy xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish» yo‘nalishlari bo‘yicha sarflar umumiy budjet xarajatlarining qariyb 40 foizini tashkil qilishi ko‘zda tutilgan. Bu ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy siyosat va milliy iqtisodiyotni jamlagandan ko‘ra ham ko‘proq, deya qayd etadi nashr.
2025 yil oxirida kutilayotgan budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 0,5 foizini tashkil qilishi reja qilingan — bu 2024 yilgi budjetda (1,1 foiz) nazarda tutilganidan deyarli ikki baravar kam. Kamomadni progressiv soliq shkalasini joriy etishdan olinadigan qo‘shimcha tushumlar, yuqori aksiz solig‘i va import bojlari, shuningdek QQS hisobiga kamaytirish ko‘zda kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter