Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya MDH yagona pensiya makoni kelishuvidan 2023-yilning 1-yanvarida chiqadi

Rossiya MDH yagona pensiya makoni kelishuvidan 2023-yilning 1-yanvarida chiqadi

Foto: «VisualRian»

Rossiya 2023-yilning 1-yanvarida MDH yagona pensiya makoni kelishuvidan chiqadi. RF hukumati tegishli qonun loyihasini Davlat dumasiga kiritdi.

Rossiya Pensiya jamg‘armasi shu yo‘l bilan 2023–2025-yillarda 18 mlrd rubl iqtisod qilmoqchi.

Xabarga ko‘ra, Kelishuv eskirgan, Rossiya MDHda pensiya ta’minoti bo‘yicha yangi ikki tomonlama kelishuvlar tuzmoqchi.

Rossiyani eski Kelishuvda belgilangan pensiya to‘lashning hududiy prinsiplari qanoatlantirmayotgan ekan, ta’kidlanishicha, muhojirlarga pensiya to‘lashda Rossiya gardaniga noteng yuk tushmoqda.

Xususan, Rossiyaga migratsiya oshishi natijasida Kelishuv shartlarini bajarish xarajatlari ko‘paygan: unga sobiq Ittifoq davrida ish stajiga ega bo‘lmagan yoki kam stajli hamda Rossiya iqtisodiyoti ravnaqiga hissa qo‘shmagan fuqarolar tushmoqda, deyiladi xabarda.

Ilgarigi Kelishuv o‘rniga Rossiya ko‘zda tutayotgan ikki tomonlama kelishuvlar «pensiyalar eksporti»ni ko‘zda tutadi: pensioner ishlagan har bir davlat o‘sha davlatda olingan ish staji uchun pensiya to‘laydi.

Xabarda ta’kidlanishicha, ikkinchi — yangi variant Rossiya manfaatlarini yaxshiroq ifodalaydi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring