Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Litvani ogohlantirdi

Rossiya Litvani ogohlantirdi

Foto: Gazeta.ru

Agarda yaqin vaqt ichida Kaliningrad oblasti va Rossiyaning qolgan hududi o‘rtasida yuk tranziti to‘liq hajmda tiklanmas ekan, Rossiya milliy manfaatlarini himoyalash huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi.

Bu haqda RF tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. Vazirlik saytida xabar berilishicha, 20-iyun kuni, ya’ni bugun Litva muvaqqat vakili Virginiya Umbrasene Rossiya TIVga chaqirilgan.

Katta hajmdagi yuklar temiryo‘l tranziti Litva hududidan Kaliningrad hududiga o‘tishini Vilnyus Rossiya tomonini ogohlantirmasdan taqiqlashi tufayli  Umbrasenega qat’iy norozilik bildirildi, deyiladi xabarda.

RF TIV ushbu tranzit taqiqlovini zudlik bilan bekor etishni talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litva Yevropa ittifoqi sansiyalariga tushgan tovarlar o‘z hududi orqali Kaliningradga o‘tkazilishini taqiqlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring