Rossiya – Litva munosabatlarida «sovuq yoz» boshlanmoqda
Litva Rossiyadagi elchisini 1-iyun kuni chaqirib oladi. Shuningdek, 7-iyun kuni Sankt-Peterburgdagi Litva konsulxonasi yopiladi, deb xabar berdi «Baltic News Service» Litva milliy radio va axborot agentligi.
Vilnyus Moskva bilan diplomatik munosabatlarni susaytirishini aprel oyidayoq e’lon qilgan — o‘z elchisini chaqirib olib, Klaypedadagi Rossiya konsulxonasini yopishini ma’lum qilgandi.
Litva — Rossiya gazidan voz kechgan birinchi mamlakat. Shundan so‘ng Latviya va Estoniya ham rus gazidan uzilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter