Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlar sonini yana oshirdi

Rossiya «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlar sonini yana oshirdi

Rossiya hukumati «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlar va hududlar ro‘yxatini kengaytirdi. 

Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi saytida xabar berildi.

Ro‘yxatga Buyuk Britaniyaning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlagan Gernsi va Man orollari, shuningdek, Rossiya Banki, Rossiya Moliya vazirligi va bir qator kredit tashkilotlari bilan har qanday operatsiyalarni taqiqlagan Bagama orollari kiritilgan.

Bungacha «do‘st bo‘lmagan» davlatlar ro‘yxati 22-iyul kuni ham to‘ldirilgan edi. Unga Xorvatiya, Slovakiya, Sloveniya, Gretsiya va Daniya kirdi.

Mart oyi boshida ushbu ro‘yxatga Avstraliya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Islandiya, Kanada, Lixtenshteyn, Monako, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, San-Marino, Singapur, AQSh, Tayvan, Ukraina, Chernogoriya, Shveysariya va Yaponiya kiritilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring