Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Foto:«RIA Novosti»

Rosssiya Prezidenti Vladimir Putin qasamyod qilishi bilanoq hukumat a’zolari iste’foga chiqdi. Dmitriy Medvedev boshchiligidagi hukumat a’zolari, deputatlar prezidentning yangi muddat boshlanishi munosabati bilan Konstitutsiyaga muvofiq iste’foga chiqdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar tarqatmoqda.

Konstitutsiyaga binoan Putin ikki hafta muddatda Rossiya parlamentining quyi palatasi – Dumaga yangi boshliq va a’zolar tayinlashi kerak.

Kremlning ma’lumotlariga tayanib, ayrim OAVning xabar berishicha, Putinga sadoqati bilan tanilgan Dmitriy Medvedev yana bosh vazir lavozimiga tayinlanishi mumkin.

14 yildan beri Tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritayotgan Sergey Lavrov bu yil vazifasini topshirishi taxmin qilinayotgan bir paytda, uning yana tashqi siyosat mahkamasini boshqarishi mumkinligi aytilmoqda.

Xabarga ko‘ra, Kremldagi iqtisod xizmati boshlig‘i lavozimiga avval moliya vaziri bo‘lgan Aleksey Kudrinning kelishi kutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring