Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya hududiga dronlar hujumi amalga oshirildi. Qurbonlar bor

Rossiya hududiga dronlar hujumi amalga oshirildi. Qurbonlar bor

Dronlar bir nechta portlovchi moslamalar tashlashi natijada turar joy binosi va omborxona butunlay yonib ketdi.

Rossiyaning Belgorod viloyatidagi Poroz qishlog‘iga dronlar ikkita portlovchi moddani tashladi, dedi gubernator Vyacheslav Gladkov. Natijada xonadon yonib ketgan, bir erkak va bir ayol halok bo‘lgan. Marhumlarning o‘g‘li yonayotgan uydan chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Qishloq Ukrainaning Xarkov va Sumi viloyatlari bilan chegaradosh tumanida joylashgan.

Bungacha dron Gubkinskiy shahar tumanidagi Istobnoye qishlog‘iga qulagan. Hech kim jabrlanmagan, biroq uyning ayvoniga shikast yetgan. Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi Belgorod viloyatida urib tushirilgan uchta dron haqida xabar bergan.

19 aprel kuni kechqurun Bryansk viloyati uzra dronlar hujumi tufayli energetika infratuzilmasi ob’yekti yonib ketgan.

Yana bir dron Kaluga viloyatidagi elektr podstansiyasi yaqinida portlab, energetika infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring