Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya «do‘st bo‘lmagan» davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi

Rossiya «do‘st bo‘lmagan» davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi

Rossiya hukumati do‘stona munosabatda bo‘lmagan xorijiy davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi.

Qabul qilingan hujjatga ko‘ra, «do‘st bo‘lmagan» davlatlar uchun Rossiya hududida joylashgan elchixonalar, konsulliklar va davlat idoralarining vakolatxonalariga xodimlarni yollash imkoniyatini to‘liq taqiqlashgacha bo‘lgan cheklovlar nazarda tutilmoqda.

Kengaytirilgan ro‘yxatga quyidagi davlatlar ham kirdi:

  • Gretsiya,
  • Daniya,
  • Sloveniya,
  • Xorvatiya,
  • Slovakiya.

Mart oyi boshida ushbu ro‘yxatga Avstraliya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Islandiya, Kanada, Lixtenshteyn, Monako, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, San-Marino, Singapur, AQSh, Tayvan, Ukraina, Chernogoriya, Shveysariya va Yaponiya kiritilgan edi.

Rossiya hukumatiga ko‘ra, «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlar ro‘yxati yakuniy emas va kengayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring