Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni oshiradi

Rossiya aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni oshiradi

Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi Qirg‘izistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi va O‘zbekistonga parvozlar sonini oshirishi mumkin.

Bu haqda loukoster aviakompaniyaning rasmiy vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS» agentligi.

Aviatashuvchi vakilining so‘zlariga ko‘ra, «Pobeda» Markaziy Osiyoga yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishdan manfaatdor. 21-aprel kuni kompaniya uchun yangi yo‘nalish – Samarqand (O‘zbekiston) ochildi, «biz Buxoroga ham parvoz qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz», deydi u.

Bundan tashqari, hozirda Qirg‘izistonga ikki yo‘nalish – Bishkek va O‘shga parvozlar uchun ruxsatnoma olish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston «Pobeda»ning beshinchi xalqaro yo‘nalishi bo‘ldi, shuningdek u Armaniston, Belarus, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyaga ham parvoz qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring